24 yanvar kuni Toshkentda Oliy Ligada ishtirok etuvchi Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasi «Paxtakor» o`rinbosarlariga qarshi maydonga tushdi. Bu haqda «Paxtakor» rasmiy sayti xabar bermoqda.
Uchrashuv 3:2 hisobida «So`g`diyona» futbolchilarining irodali g`alabasi bilan yakuniga etgan.
Xabar berishlaricha, dastlab yosh «paxtakorchilar» Ibrohim Abdullaev va Javohir Siddiqovning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgan. Biroq, uchrashuvning qolgan daqiqalarida Davron Fayzievning tajribali shogirdlari uchta gol urib, g`alabani ilib ketishgan.
24 yanvar kuni «So`g`diyona» futbolchilari «Neftchi»ga qarshi nazorat uchrashuvi o`tkazishi rejalashtirgan. «Paxtakor» o`rinbosarlari esa 28 yanvar kuni «Sho`rtan» jamoasiga qarshi to`p surishadi.