«Paxtakor» Turkiyada 4ta nazorat uchrashuvi o`tkazadi

Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi 25 yanvar kuni mavsumoldi o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazish uchun Turkiyaga jo`nab ketadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turkiya yig`ini davomida «Paxtakor» 4ta nazorat o`yinida maydonga tushishni rejalashtirgan. Jumladan, Rossiya 1-divizionida ishtirok etuvchi «Nefteximik» (29 yanvar) va «Shinnik» (7 fevral), Rossiya Premer-ligasida ishtirok etuvchi «Terek» (4 fevral), shuningdek, Polsha oliy divizioni vakili «Yagelloniya» (1 fevral) jamoalari «Paxtakor»ga raqib bo`ladi.

«Paxtakor» murabbiylar shtabi Turkiya yig`iniga 26 nafar futbolchini jalb qilgan. Jamoa asosiy darvozaboni Aleksandr Lobanov, hujjat bilan bog`liq muammosi borligi sabab, O`zbekistonda qoladigan bo`lgan.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb