Dubayda o`quv-mashg`ulot yig`inlarini olib borayotgan «Bunyodkor» safida ukrainalik himoyachi ko`rikdan o`tmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
32 yoshli markaziy himoyachi Sergey Simonenko faoliyati davomida Moskvaning «Torpedo», Vladikavkazning «Alaniya», Odessaning «Chernomorets» va Kievning «Arsenal» jamoalarida to`p surgan bo`lib, o`tgan mavsumni Ukraina Premer-ligasining «Sevastopol» jamoasida o`tkazgan.
«Uning hatti-harakatlari murabbiylar shtabiga ma`qul kelsa Simonenko «Bunyodkor»da qolishi mumkin», - deyiladi klub xabarida.