22 yanvardan Yangierda o`quv-yig`in mashg`ulotini davom ettirishga kirishgan Muborakning «Mash`al» jamoasi safida bir nechta yangi futbolchilar ko`rikdan o`tishmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Otabek Narzullaev, Botir Nosirov, G`iyos Komilov singari futbolchilar bilan allaqachon shartnoma imzolangan bo`lsa, Farrux Nurliboev, Isroil Ergashev kabi o`yinchilar hozircha «Mash`al»da ko`rikda bo`lib turishibdi.
Bundan tashqari, kuni kecha jamoa safiga ikki nafar belaruslik legioner kelib qo`shildi. 27 yoshli hujumchi Dmitriy Kovb so`nggi mavsumni Belarusning «Dnepr Mogilyov» jamoasi safida o`tkazib, 17 o`yinda 2ta gol urgan bo`lsa, 28 yoshli yarim himoyachi Aleksandr Tishkevich esa Litvaning «Kruoya» jamoasi safida 12 o`yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan edi.