Farg`onaning «Neftchi» jamoasi Toshkentdagi o`quv-mashg`ulot yig`inlari doirasida 24 yanvar kuni ikkita nazorat uchrashuvi o`tkaziladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoa dastlab Qozog`istonning «Taraz» jamoasiga qarshi to`p sursa, so`ngra Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasi farg`onaliklarga raqib bo`ladi.
«Har ikki raqib bilan ikkitadan o`yin o`tkazish rejalashtirilgan», - deyiladi klub xabarida.