Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasi 23 yanvar kuni Toshkentda Samarqandning «Dinamo» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o`tkazdi. Bu haqda «So`g`diyona» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda hisob ochilmadi. Klub matbuot xizmatining qayd etishicha, jamoa 24 yanvar kuni «Paxtakor» o`rinbosarlari va «Neftchi»ga qarshi nazorat o`yinlarini o`tkazishlari rejalashtirilgan.
Ma`lumot uchun, Samarqandning «Dinamo» jamoasi 26 yanvar kuni «Buxoro», 30 yanvar kuni esa «Olmaliq»ga qarshi to`p surishi ko`zda tutilgan.