BAAda o`quv-mashg`ulot yig`inini olib borayotgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi yig`indagi so`nggi nazorat o`yinini Rossiya klubiga qarshi o`tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Lokomotiv» 24 yanvar, juma kuni Rossiyaning «Ural» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o`yin «Lokomotiv»ning BAA yig`ini doirasidagi so`nggi nazorat o`yini bo`ladi. «Lokomotiv» futbolchilari 25 yanvar kuni O`zbekistonga qaytishadi.
Eslatib o`tamiz, «Lokomotiv» bungacha yig`in doirasida o`tkazilgan uchrashuvlarda Qozog`istonning «Qayrat» jamoasini 1:0 hisobida mag`lub etgan, Xitoyning «Beyjing Guoan» (0:1) va Ukrainaning «Shaxtyor» (1:2) jamoalariga imkoniyatni boy bergan edi.