«Paxtakor» «Metallurg»ni yirik hisobda mag`lubiyatga uchratdi

Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi Turkiya yig`iniga yo`l olish arafasida Bekobodning «Metallurg» jamoasiga qarshi nazorat o`yini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv 4:1 hisobida «Paxtakor» g`alabasi bilan yakuniga etdi. Uchrashuvda hisob 4-daqiqada Igor Sergeev tomonidan ochilgan bo`lsa, 30-daqiqada Sherzod Karimov hisobni 2:0ga etkazdi.

O`yin davomida «Paxtakor»ning etakchi yarim himoyachilaridan biri Stanislav Andreev dublga erishdi. «Metallurg»ning yagona javob goli Sulaymonov nomiga yozildi. Uchrashuvning 60-daqiqasida «Paxtakor» sardori Kaxi Maxaradze maydondan chetlatildi.

«Paxtakor» 25 yanvar kuni ertalab navbatdagi yig`inni o`tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo`nab ketadi. Yig`in 8 fevralgacha davom etadi.

Bekobodning «Metallurg» jamoasi esa 24 yanvar kuni «Mash`al», 29 yanvar kuni «Navbahor» va 7 fevral kuni «Olmaliq»ga qarshi nazorat o`yini o`tkazishni rejalashtirgan. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb