«Navbahor» Toshkentdagi yig`inni boshladi

22 yanvar kuni «Navbahor» a`zolari Toshkentda o`tkazilishi rejalashtirilgan yig`inni boshlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Shu o`rinda tarkibda ayrim o`zgarishlarni ro`y berganligini e`tirof etish joiz. Namanganda o`tkazilgan mashg`ulotda qatnashgan himoyachi Ahrol Risqullaevga murabbiylar javob berishdi. Toshkentda esa safga Timur Yafarov, Shavkat Nasibullaev va Elyor Jahonovlar qo`shilishdi. Toshkentdagi yig`in davomida tarkibda yana yangi o`yinchilar qo`shiladi», - deyiladi klub xabarida.

«Navbahor» Toshkentdagi dastlabki yig`in davomida o`rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirgan. Xususan, 29 yanvar kuni jamoa futbolchilari Bekobodning «Metallurg» klubi bilan bahs olib borishadi. 2 fevralda esa Muborakning «Mash`al» jamoasiga qarshi o`yin bo`lib o`tadi.

Poytaxtda o`tadigan mashg`ulotlarning dastlabki qismi 2 fevral kuni yakunlanadi. Jamoa a`zolariga ikki kunlik ta`til e`lon qilingach, mashg`ulotlar yana poytaxtda davom ettiriladi. Yig`in davomida «Navbahor» PFL kubogida ishtirok etadi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb