Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlarini olib borayotgan Qarshining «Nasaf» klubi 22 yanvar kuni Ukrainaning «Vorskla» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Bu haqda ukrain klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`yin 0:2 hisobida «Nasaf» mag`lubiyati bilan yakuniga etgan. Bu Ro`ziqul Berdiev shogirdlarining Turkiya yig`inidagi ilk mag`lubiyati bo`ldi.
«Nasaf» bungacha Albaniyaning «Kukesi» (2:1), Qozog`istonning «Shaxtyor» (2:1) va Qozog`iston olimpiya terma jamoasi (3:2)ga qarshi maydonga tushib, barcha o`yinlarda g`alaba qozongan edi.
Jamoa rejasi bo`yicha, Turkiyada jami 7ta o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazilishi ko`zda tutilgan bo`lib, «Spartak-Nalchik» (Rossiya), «Poxang Stilerz» (Janubiy Koreya), «Karpati» (Ukraina) jamoalari «Nasaf»ga raqib bo`lishi mumkin.