«Lokomotiv» Ukraina chempioniga mag`lub bo`ldi

2013 yilgi O`zbekiston vitse-chempioni, Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi BAAdagi o`quv-mashg`ulot yig`inlari doirasida Ukraina chempioni «Shaxtyor»ga qarshi maydonga tushdi. Bu haqda «temiryo`lchilar» matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`yin 2:1 hisobida ukrain klubi foydasiga hal bo`lgan. Adriano va Taysonning gollariga «Lokomotiv» futbolchilari bir marta – 45-daqiqada Ivan Nagaevning aniq zarbasi bilan javob berishgan.

«Lokomotiv» matbuot xizmatining eslatishicha, jamoa 2013 yilgi mavsumga tayyorgarlik doirasida ham «Shaxtyor»ga qarshi to`p surib, o`shanda ham 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

«Lokomotiv» bungacha BAA yig`inida Qozog`istonning «Qayrat» va Xitoyning «Beyjing Guoan» jamoasiga qarshi to`p surgan edi

mib
uzcard
cola
apex
bmb