«Bunyodkor» «Rostov» bilan durang o`ynadi

Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi BAAdagi o`quv-mashg`ulot yig`inlari doirasida 22 yanvar kuni Rossiyaning «Rostov» klubiga qarshi maydonga tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etgan. Uchrashuvda hisob 22-daqiqada «Rostov» vakili Timofey Kalachyov tomonidan ochilgan bo`lsa, birinchi bo`lim yakunlanishiga 2 daqiqa qolganida «Bunyodkor» safiga 2013 yilgi mavsum yakuniga etganidan so`ng qo`shilgan hujumchi Vohid Shodiev hisobni tenglashtirgan.

Mirjalol Qosimov shogirdlari BAA yig`inidagi navbatdagi uchrashuvni 25 yanvar kuni o`tkazishadi. O`yin Moskvaning «Dinamo» jamoasiga qarshi kechadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb