3-19 yanvar kunlari Andijonda yig`in o`tkazgan «Andijon» 23 yanvardan Toshkentda o`quv-mashg`ulotlarini boshlaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Poytaxtdagi yig`in ikki bosqichdan iborat bo`ladi. Mazkur yig`in mobaynida bir qator nazorat o`yinlari o`tkaziladi. Shuningdek, jamoamiz fevral oyida PFL Kubogi turnirida ham ishtirok etadi», - deyiladi klub xabarida.
Jamoa bosh murabbiyi Azamat Abduraimovning ma`lum qilishicha, o`rtoqlik uchrashuvlari «Oqtepa», «NBU-Osiyo» va boshqa bir qator jamoalarga qarshi o`tkaziladi. Shuningdek, Toshkentdagi yig`inlar davomida «Andijon» safiga litvalik ikki va bir nafar moldovalik futbolchi kelib qo`shilishi kutilmoqda.