«Mash`al» Qozog`iston klubi bilan o`ynaydi

2013 yilgi O`zbekiston Birinchiligi bahslari g`olibi hisoblangan Muborakning «Mash`al» jamoasi navbatdagi o`rtoqlik uchrashuvlari taqvimini e`lon qildi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, O`zPFL Kubogi bahslari boshlanguniga qadar, jamoa beshta nazorat uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirgan. Jumladan, muboraklik futbolchilar 24 yanvar kuni Yangierda «Metallurg»ga qarshi bahs olib borishsa, 25 yanvar kuni Olmaliqda «Olmaliq» mehmoni bo`lishadi.

27 yanvar kuni Yangierda «Mash`al» va Qozog`istonning «Ordabasi» jamoalari o`rtasidagi o`yin o`tkaziladi. 28 yanvar kuni esa Toshkentda «Neftchi»ga qarshi bahs olib boriladi. 2 fevral kuni Toshkentda Namanganning «Navbahor» jamoasi «Mash`al»ga raqib bo`ladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb