«Neftchi» «Oqtepa» ustidan g`alaba qozondi

21 yanvar kuni Toshkentning «Oqtepa» va Farg`onaning «Neftchi» jamoalari o`rtasida nazorat uchrashuvi o`tkazildi. Bu haqda «Neftchi» FK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda «Neftchi» futbolchilari 3:1 hisobida g`alaba qozonishgan. Klub matbuot xizmatining qayd etishicha, farg`onaliklar o`yin davomida hisobda ortda qola turib, oxir-oqibat uchta gol urishga muvaffaq bo`lishgan.

«Oqtepa»ga qarshi uchrashuvda bahsda «Neftchi» safida bir qator yosh futbolchilar maydonga tushishdi. Jamoa gollariga Temur Ayupov va Azamat Ilyosov (2ta) mualliflik qildi.

O`rtoqlik uchrashuvi
21 yanvar, seshanba
«Oqtepa» (Toshkent) – «Neftchi» (Farg`ona) 1:3 (1:0)
Gollar:
Xurshid Yo`ldoshev - Temur Ayupov, Azamat Ilyosov (2ta).
«Neftchi»: Izzat Fatxullaev, Vyacheslav Ponamaryov, G`ayrat Jumaev, Alisher Fayzullaev, Javohir Rasulov, Sarvar Abdullaev, Azamat Ilyosov, Ulug`bek Quttiboev, Muzaffar Muzaffarov, Otabek Haydarov, Otabek Zokirov.
Zaxiradan maydoga tushganlar: Dilyor Nazarov, Sardor Qulmatov, Temur Ayupov. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb