Toshkentda o`quv-mashg`ulot yig`inlari doirasida «Olmaliq» Farg`onaning «Neftchi» jamoasiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi. Bu haqda olmaliqliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Olmaliq» matbuot xizmatining xabar berishicha, o`yinda Sanjar Shoahmedov tomonidan kiritilgan yagona gol Igor Shkvirin shogirdlariga «Neftchi» ustidan g`alaba keltirdi.
Uchrashuvda «Olmaliq» safida bo`lib turgan Nikita Shkvirin, Zafar Polvonov, Doniyor Usmonov, Diyor Usmonxo`jaev, Qadamboy Nurmetov, Abror Karimov, Shavkat Mullajonovlar maydonga tushishmadi. Shuningdek, Olmaliqda davom etayotgan mashg`ulotlarda Sarvar Otaboev va Gay Yusupov ishtirok etmoqda.
«Olmaliq»ning navbatdagi o`rtoqlik uchrashuvi 25 yanvar kuni Olmaliq shahrida bo`lib o`tadi. Navbatdagi sparring-raqib Muborakning «Mash`al» jamoasi bo`ladi.
O`rtoqlik uchrashuvi
21 yanvar, seshanba
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Neftchi» (Farg`ona) 1:0
Gol: Sanjar Shoahmedov.
«Olmaliq»: Maqsatmurod Shomurodov, Obid Jo`raboev, Darko Stanoevich, Aleksandr Alempievich, Abduqahhor Hojiakbarov, Iqbol Akramov, Doston Abdurahmonov, Dilyaver Abibullaev, Sanjar Shoahmedov, Zohir Pirimov, Sherzod Hakimov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Umidjon Xonimqulov, Marat Qudratov, Diyorjon Turopov, Suxrob Berdiev, Timur Kagirov, Sharif Mirzaev, Sarvarbek Jo`raev, Azamat Isroilov, Aleksandr Lupashko, Abdumalik Abdullaev, Zafar To`raev.
«Neftchi»: Farrux Turdaliev, Maksimilian Fomin, Jahongir Mehmonov, Ahrol Risqullaev, Dilyorbek Ermatov, Mirzakamol Kamolov, Aleksandru Onika, Andrey Derkach, Pavel Smolyachenko, Ma`ruf Murodov, Zohid Abdullaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sardor Soipov, Sanjar Asqaraliev, Otabek Haydarov, G`ayrat Jumaev, Alisher Fayzullaev.