25 yanvar kuni Turkiyaga navbatdagi yig`inni o`tkazish uchun jo`nab ketadigan «Paxtakor» asosiy tarkibi 23 yanvar kuni «Chilonzor» stadionida navbatdagi nazorat uchrashuvini Bekobodning «Metallurg» jamoasiga qarshi o`tkazadi. Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, o`yin 12:00da boshlanadi.
Qayd etish joiz, bekobodliklar bir necha kun avval «Neftchi»dan 4:3 hisobida ustun kelishgandi. «Paxtakor» esa «Dinamo» ustidan g`alaba qozongan edi.
«Paxtakor» tarkibida olimpiya terma jamoasidan qaytib kelgan futbolchilar maydonga tushish imkoniyatiga egalar. Bunga qadar eng kuchli tarkib bilan biror nazorat bellashuvida harakat qilinmagandi», - deyiladi «Paxtakor» FK matbuot xizmati xabarida.