«Mash`al» Eldor Ergashevga javob berdi

Yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini Yangierda olib borgan «Mash`al» futbolchilari ayni paytda qisqa muddatli ta`tilga chiqishgan. Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, jamoa a`zolari 22 yanvardan yana mashg`ulotlarni davom ettirishadi.

Xabar berishlaricha, jamoa safida bir necha yildan buyon o`ynab kelayotgan Akbar Hotamovga javob berilgan. Bundan tashqari, yarim himoyachi Eldor Ergashev ham o`ziga yangi jamoa topishi mumkin.

Bundan tashqari, ko`rikda qatnashganlardan Ravshan Mehmonov, Anvar Rahimov, Allayor Reimov kabi o`yinchilar «Mash`al»da qolmaydigan bo`lishdi.

Andijonlik G`iyos Komilov esa joriy mavsumni «Mash`al»da boshlaydigan bo`ldi. Shuningdek, o`tgan mavsumni «Olmaliq» va «Qizilqum» jamoalarida o`tkazgan Isroil Ergashev ham «gazchilar»ning navbatdagi yig`iniga qo`shilishi kutilmoqda. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb