«Lokomotiv» Xitoy klubiga mag`lub bo`ldi

BAAda o`quv-mashg`ulot yig`inlarini olib borayotgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi 19 yanvar kuni Xitoyning «Beyjing Guoan» jamoasiga qarshi nazorat o`yinini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv 1:0 hisobida xitoyliklar g`alabasi bilan yakuniga etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 31-daqiqada «Beyjing Guoan» etakchisi Shao Jiayi tomonidan jarima zarbasidan so`ng kiritildi.

BAAdagi o`quv-mashg`ulot yig`inlarini 11 yanvar kuni boshlagan «Lokomotiv» 12 yanvar kuni Qozog`istonning «Qayrat» jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g`alaba qozongan edi. Jamoa navbatdagi nazorat o`yinini 22 yanvar kuni Ukrainaning «Shaxtyor» jamoasiga qarshi o`tkazishi belgilangan.

Eslatib o`tamiz, «Lokomotiv» 8 fevral, shanba kuni 2013 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi dastlabki uchrashuvini o`tkazadi. Shu kuni «temiryo`lchilar» Toshkentda «Al-Kuvayt» (Kuvayt) / «Ash-Shorta» (Iroq) juftligi g`olibini qabul qilishadi

mib
uzcard
cola
apex
bmb