«Dinamo» «So`g`diyona», «Buxoro» va «Olmaliq»ga qarshi o`ynaydi

Samarqandning «Dinamo» klubi yanvar oyi oxirigacha uchta nazorat o`yini o`tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jamoa o`tgan hafta Toshkentning «Paxtakor» futbol klubiga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoaning yagona goli Shahboz Erkinov hisobiga yozildi.

Jamoa endi yanvar oyi oxirigacha uchta nazorat uchrashuvini o`tkazadi. Jumladan, 23 yanvar kuni «So`g`diyona», 26 yanvar kuni «Buxoro» va 30 yanvar kuni «Olmaliq» Ravshan Haydarov shogirdlariga raqib bo`ladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb