«Neftchi» va «Metallurg» o`zaro o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazdi

Farg`onaning «Neftchi» va Bekobodning «Metallurg» jamoalari o`zaro o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Bu haqda farg`onaliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, o`yin shiddatli va keskin kurashlarga boy tarzda o`tdi. Uchrashuvning 3-daqiqasida Dilyorbek Ermatov hisobni ochdi. Birinchi bo`lim o`rtalariga kelib, bekobodliklar futbolchisi Alisher Ziyovuddinov hisobni tenglashtirishdi.

Oradan hech qancha o`tmay, «Neftchi» oldinga chiqib oldi – Aleksandr Onika jarima to`pini golga aylantirdi. Zohid Abdullaev hisobni 3:1ga etkazdi. Taym oxirida bekobodliklar hisobni qisqartirishdi – 3:2. Gol muallifi – Sardor Rasulov.

Uchrashuvning 80-daqiqasida Mirsodiqov shogirdlari Shohnazar Norbekovning golidan so`ng uchinchi marta hisobni tenglashtirishdi. Keyin esa to`rtinchi marta «Neftchi» darvozasini ishg`ol etib, g`alabani ilib ketishdi – «Metallurg»ga g`alaba keltirgan gol Beruniy Abdunabiev hisobiga yozildi.

«Metallurg» matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoa 23 yanvar kuni «Paxtakor», 29 yanvar kuni esa «Navbahor»ga qarshi nazorat uchrashuvini o`tkazadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb