«Qizilqum» «Buxoro»ni mag`lub etdi

«Qizilqum» jamoasi a`zolari 11 yanvardan buyon Navoiy shahrida ikkinchi bosqich o`quv-mashg`ulot yig`inini davom ettirishmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

17 yanvar kuni ikkinchi o`quv-mashg`ulot yig`ini doirasida «Qizilqum» futbolchilari ilk sinov nazorat uchrashuvini o`tkazdi. Navoiyda o`tkazilgan mazkur o`yinda ular «Buxoro» jamoasi bilan kuch sinashdi. Unda Navro`z Alimov kiritgan yagona gol konchilarga g`alaba keltirdi — 1:0.

Rejaga ko`ra, navoiyliklar navbatdagi o`rtoqlik uchrashuvini 26 yanvarda o`tkazishadi. Shu kuni Jizzaxning «So`g`diyona» futbolchilari Navoiyga tashrif buyuradi.

Bosh murabbiy Yuriy Lukin qo`l ostida ayni chog`da o`ttiz nafarga yaqin futbolchi kuniga ikki mahaldan shug`ullanyapti. Kunning birinchi yarmida jismoniy tiklanish mashqlari, shuningdek, krossga alohida e`tibor qaratilayotgan bo`lsa, tushdan keyin mashg`ulotlarda futbolchilar ko`proq to`p bilan ishlashga ahamiyat berishmoqda.

Jamoaning o`tgan yilgi asosiy tarkibi saqlab qolingan. Bultur boshqa futbol klublari sharafini himoya qilgan Aleksandr Antipov («Spartak» Buxoro), Sherali Jo`raev («Olmaliq»), Ruslan Vagapov («Metallurg»), O`ktam Sa`dinov («Zarafshon»), Vladimir Shishelov («Metallurg» Novokuznetsk, Rossiya), Mirjalol Qurbonov («Guliston») singari futbolchilar hozirda navoiyliklar tarkibida ko`rikdan o`tishmoqda. Shuningdek, oxirgi chempionatning ikkinchi davrasini «Qizilqum» tarkibida ijara asosida o`tkazgan Eldor Boymatov («Nasaf») ham ayni paytda Yuriy Lukin mashg`ulotlarida qatnashmoqda. Bu o`yinchilarning birortasi bilan hozircha rasman shartnoma imzolanmagan.

Yangi yilning dastlabki kunlaridan boshlab mashg`ulotlarda ishtirok etib kelgan hujumchi Xurshidjon Yo`ldoshev navbatdagi mavsumni boshqa jamoada o`tkazishni ma`qul topgan va kuni kecha Navoiyni tark etgan. U o`tgan mavsumning ikkinchi yarmida Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasidan navoiyliklar safiga kelib qo`shilgan edi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb