«Navbahor» o`quv-mashg`ulot yig`inlarini Toshkentda davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoa 18 yanvar kuni «Andijon»ga qarshi nazorat uchrashuvini o`tkazib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endi «Navbahor» 22 yanvardan mashg`ulotlarni Toshkentda davom ettiradi.
Poytaxt yig`inida o`rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish rejalashtirilgan. «Navbahor» 29 yanvarda Bekobodning «Metallurg» klubi, 2 fevralda esa Muborakning «Mash`al» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Shuningdek, «Navbahor» 5 fevralda start oladigan PFL kubogida ham ishtirok etadi.