18 yanvar kuni Andijonda «Andijon» va «Navbahor» jamoalari o`rtasida nazorat uchrashuvi o`tkazildi. Bu haqda «Andijon» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, qiziqarli kechgan uchrashuv 3:2 hisobida «Andijon» foydasiga hal bo`lgan.
«Andijon»ning gollariga Rasul Rahmonov (dubl) va Omad Toyloqov mualliflik qilgan bo`lsa, «Navbahor»ning gollari Omonbek Xalilov va Muhammad Rasulov hisobiga yozildi.