Muborakning «Mash`al» jamoasi Yangierda Jizzaxning «So`g`diyona» jamoasi bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazdi. Bu haqda Muborak klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`yinda «Mash`al» 3:1 hisobida g`alaba qozondi. Jamoa gollariga Eldor Shomurodov, Bahodir Murtazoev va Ixtiyor Toshpo`latov mualliflik qildi. «So`g`diyona»ning yagona goli esa Akmal Abdurahmonov nomiga yozildi.
«Mash`al» matbuot xizmatining qo`shimcha qilishicha, jamoa darvozabon Botir Nosirov va futbolchi Otabek Narzullaev bilan shartnoma imzolagan.