Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi Samarqandning «Dinamo» jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`yin 3:1 hisobida «Paxtakor» futbolchilari foydasiga hal bo`ldi. O`yinda «Paxtakor»ning gollariga Sherzod Karimov, Aleksandr Merzlyakov va Jasur Hakimov, «Dinamo»ning goliga esa jamoa mashg`ulotlarida ishtirok etayotgan Shahboz Erkinov mualliflik qildi.
«Paxtakor» matbuot xizmatining qayd etishicha, o`yin davomida «Paxtakor»dan Sherzod Karimov va Aram Babayan, «Dinamo»dan esa Samatov maydondan chetlatilgan.