«Nasaf» Qozog`iston olimpiya terma jamoasini mag`lub etdi

Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlarini olib borayotgan Qarshining «Nasaf» jamoasi uchinchi nazorat uchrashuvini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ro`ziqul Berdiev shogirdlari Turkiya yig`ini doirasida shu kungacha Albaniyaning «Kukesi» va Qozog`istonning «Shaxtyor» jamoalariga qarshi maydonga tushib, har ikkala o`yinda ham 2:1 hisobida g`alaba qozongan edi. Navbatdagi o`yin Qozog`iston olimpiya terma jamoasiga qarshi o`tkazildi.

O`yin 3:2 hisobida «Nasaf» g`alabasi bilan yakuniga etdi. Jamoa bilan shartnoma imzolagan «Bunyodkor»ning sobiq futbolchisi – Igor Taran ushbu uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, Qozog`iston olimpiya terma jamoasi darvozasiga uchta gol urdi.

«Nasaf» Turkiya yig`ini doirasida yana bir qator nazorat o`yinlarini o`tkazadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb