«Bunyodkor» BAAdagi mashg`ulotlarni boshladi

«Bunyodkor» futbol klubi BAAdagi o`quv-mashg`ulot yig`inlarini boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Bunyodkorchilar» Dubaydagi «Jebel Ali» mehmonxonasiga joylashishdi. Qayd etish kerakki, ushbu otel mana besh yildirki «qaldirg`ochlar»ga amirliklardagi qarorgoh vazifasini o`tab kelmoqda.

Ummonda o`tayotgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan «Bunyodkor» a`zolari – Dilshod Jo`raev, Sardor Rashidov, Javlon Mirabdullaev Dubayga etib borishdi va «Bunyodkor» safini to`ldirishdi. 22 yoshgacha bo`lgan Osiyo Chempionatining ilk turida jarohat olgan yarim himoyachi Sardor Sobirxo`jaev davolanish uchun Toshkentga qaytgan.

18 yanvarning ikkinchi yarmida Mirjalol Qosimov o`z shogirdlari bilan Dubaydagi ilk mashg`ulotini o`tkazdi. 19 yanvardan boshlab tayyorgarliklar kuniga ikki mahaldan davom ettiriladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb