OChL-2014: «Lokomotiv» o`z uyidagi pley-off uchrashuvini «Paxtakor»da o`tkazadi

Pley-off bahslarini o`z maydonida boshlaydigan Toshkentning «Lokomotiv» klubi 8 fevral kuni Toshkentda «Kuvayt SK»(Kuvayt) - «Ash-Shabob» (Iroq) juftligi g`olibini qabul qiladi.

Ta`kidlash joiz, mazkur uchrashuv Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo`lib o`tadi. O`yinning boshlanish vaqti 15:00ga belgilangan.

Qarshning «Nasaf» klubi huddi shu kuni safarda Qatarning «Al-Jaish» klubiga qarshi pley-off bahsida to`p suradi. Ushbu uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 19:00da boshlanadi.

Bevosita guruh o`yinlaridan bahslarga kirishadigan Toshkentning «Bunyodkor» klubi 1-tur uchrashuvida safarda Saudiya Arabistoning «Al-Fotih» klubiga qarshi maydonga tushadi. Bu uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb