Toshkentda yig`in o`tkazayotgan «Neftchi» jamoasi safiga yangi futbolchilar kelib qo`shilishda davom etmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`tgan mavsumning ikkinchi yarmini Toshkentning «Lokomotiv» jamoasida o`tkazgan Aleksandr Onika ayni paytda farg`onaliklar mashg`ulotida ishtirok etmoqda. Uning jamoada qolish-qolmasligi nazorat uchrashularidan keyin oydinlashadi.
Darvozabon Hislat Chilmatov faoliyatini yakunladi. Aniqrog`i, 35 yoshli posbon «Neftchi» o`rinbosarlari darvozabonlar murabbiyi lavozimida ishlay boshladi.