«Lokomotiv»ning OChL-2014dagi birinchi o`yinini yaponiyalik hakam boshqaradi

Osiyo Chempionlar Ligasi - 2014 pley-off bahslaridan musobaqaga kirishadigan Qarshining «Nasaf» hamda Toshkentning «Lokomotiv» klublari ishtirokidagi bahslarni boshqarib boradigan hakamlar nomi ma`lum bo`ldi.

Unga ko`ra, pley-off bahsini8 fevral kuni safarda Qatarning «Al Jaish» klubiga qarshi boshlaydigan Qarshining «Nasaf» jamoasi ishtirokidagi o`yinda Shtebre Delovski boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar brigadasi ishlaydi.

8 fevral kuni «Lokomotiv» OChL-2014 2-saralash bosqichi doirasida Toshkentda 1-saralash doirasidagi «Al-Kuvayt» (Kuvayt) – «Ash-Shorta» (Iroq) uchrashuvi g`olibiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvni esa, Minoru Tojo boshchiligidagi yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

OChL-2014, 2-saralash bosqichi uchrashuvi
8 fevral, shanba
«LOKOMOTIV» (O`zbekiston) – «AL-KUVAYT» (Kuvayt) / «ASh-ShORTA» (Iroq)

Bosh hakam: Minoru Tojo (Yaponiya).
Yon qanot hakamlari: Shinji Ochi (Yaponiya), Xiroyuki Igarashi (Yaponiya).
To`rtinchi hakam: Pratap Singh (Hindiston).
Nazoratchi: Husayn Asqariy (Eron).
Komissar: Dorji Mindu (Butan).

OChL-2014, 2-saralash bosqichi uchrashuvi
8 fevral, shanba
«Al Jaish» (Qatar) – «Nasaf» (O`zbekiston)
Bosh hakam:
Shtebre Delovski (Avstraliya).
Yon qanot hakamlari: Pol Adam (Avstraliya), Natan Aleksandr (Avstraliya).
To`rtinchi hakam: Mohd Nafiz bin Abdul (Malayziya).
Nazoratchi: Yazbek Yazbek (Livan).
Komissar: Talal Ali Suaylemin (Iordaniya).

 


mib
uzcard
cola
apex
bmb