«Paxtakor» «Olmaliq» bilan o`ynaydi

Toshkentning «Paxtakor» klubi «Olmaliq» bilan nazorat o`yini o`tkazadi. Bu haqda «Paxtakor» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, o`yin 14 yanvar, seshanba kuni o`tkaziladi.

Bungacha «Paxtakor» O`zbekiston U-22 termasi va «Mash`al»ga qarshi maydonga tushib, har ikkala o`yinda g`alaba qozongan, «Olmaliq» esa «Bunyodkor»ga qarshi ikki o`yinda maydonga tushgan edi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb