«Paxtakor» yarim himoyachisi Oybek Qilichev Sharjaning «Ash-Sha`b» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Toshkent klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, futbolchi BAA klubida ijara asosida to`p suradi. Shartnoma 6 oy muddatga imzolangan.
«Bir necha kun ilgari yarim himoyachi o`z agenti bilan BAAga jo`nab ketgandi. Kuni kecha Qilichev tibbiy ko`rikdan muvaffaqiyatli o`tdi va «Al Shaab» klubi vakiliga aylandi», - deyiladi klub xabarida.