Ilk xorij yig`inini o`tkazish uchun «Nasaf» delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportidan Turkiyaga jo`nab ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Turkiya yig`ini davomida «Nasaf» ettita nazorat uchrashuvida maydonga chiqishi rejalashtirilgan. Ularning ilk raqibi Albaniyaning «Kukes» jamoasi bo`ladi. Ushbu o`yin 13 yanvar kuni o`tkaziladi.
Shuningdek, Antaliyada «Shaxtyor» (Qarag`anda), «Spartak-Nalchik» (Rossiya), «Vorskla» (Ukraina), «Poxang Stilerz» (Janubiy Koreya), «Karpati» (Ukraina) jamoalari bilan nazorat uchrashuvlari o`tkaziladi. «Nasaf» 26 yanvar kuni O`zbekistonga qaytib kelishadi.
Turkiya yig`iniga «Nasaf» bosh murabbiyi quyidagi futbolchilarni jalb etdi:
Darvozabonlar - Eldorbek Suyunov, Mixail Naumov, Alibek Turobov, O`tkir Yusupov;
Himoyachlar – Botir Qoraev, Hamza Karimov, Sherzod A`zamov, Maqsud Karimov, Alisher Yusupov, Laziz Ubaydullaev, Odiljon Hamrobekov, Shuhrat Muhammadiev, Mirzamurod Jo`raboev;
Yarimhimoyachilar – Ilhom Yunusov, Artur Gevorkyan, Erkin Boydullaev, Farruh Sayfiev, Ulug`bek Dadaboev, Najmiddin Normurodov, Obid Mamotov, Doniyor Narzullaev;
Hujumchilar – Azamat Allaniyazov, Kenja To`raev, Ilhom Shomurodov, Igor Taran.