Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi mavsumoldi yig`inini o`tkazish uchun BAAga jo`nab ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig`in davomida bir qator o`rtoqlik uchrashuvlarini o`tkazish rejalashtirilgan. Jumladan, 12 yanvar kuni Qozog`istonning «Qayrat» jamoasi, 17 yanvar kuni esa Daniyaning «Brondbyu» jamoasi «Lokomotiv»ga raqib bo`ladi.
Bundan tashqari, «Lokomotiv» 22 yanvar kuni Ukrainaning «Shaxtyor», 24 yanvar kuni Xitoyning «Beyjing Guoan» klubiga qarshi maydonga tushadi.