O`tgan mavsum «Guliston» jamoasiga bosh murabbiylik qilgan Baxtiyor Ashurmatov «Navbahor»ni yangi mavsumga tayyorlaydi. Bu haqda namanganliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Navbahor» matbuot xizmatining xabar berishicha, klub va murabbiy o`rtasida olib borilgan muzokaralar 9 yanvar kuni ijobiy yakuniga etgan. Unga ko`ra, Baxtiyor Ashurmatov «Navbahor» jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish olib boradigan bo`lgan.
Avvalroq, Ashurmatov «Bunyodkor»da Mirjalol Qosimovga yordamchilik qilishi haqida xabar berilgan edi.