«Andijon» 20 yanvardan so`ng yig`inlarni Toshkentga ko`chiradi

«Andijon» jamoasi tarkibida bir qator yangi futbolchilar ko`rikdan o`tmoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Jamoaning Yangi yildan keyingi Andijondagi mashg`ulotlari avval rejalashtirilganidek 15 yanvargacha emas, balki 20 yanvargacha davom etadi. Shundan so`ng jamoa mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi. Jamoa 18 yanvar kuni Namanganning «Navbahor» jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`tkazishni rejalashtirgan.

Jamoa mashg`ulotlariga Muhiddin Xudoyorov, «Dinamo»dan Omad Toyloqov va Qahramon Bahodirov, «Neftchi»dan darvozabon Xurshid Xo`jaev, «Chust-Paxtakor»dan Nizom Norov qo`shilgan. Jamoa bosh murabbiyi Azamat Abduraimovning ma`lum qilishicha, klub rahbariyatining futbolchilar oldida o`tgan mavsum bo`yicha qarzdorligi bor. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb