«Bunyodkor» «Rostov» bilan o`ynaydi

Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi yangi yilgacha rejalashtirilgan tayyorgarlik jarayonini yakunladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Mirjalol Qosimov o`z shogirdlari bilan 15 dekabrdan boshlab mashg`ulotlarga kirishgan edi. «Bunyodkor» futbol maktabi su`niy qoplamali maydonida davom etgan tayyorgarliklar 29 dekabr kuni ikki tarkibga bo`lingan holda o`tkazilgan uchrashuvdan so`ng yakuniga etdi», - deyiladi klub xabarida.

Yangi yil bayrami munosabati bilan «Bunyodkor» a`zolari qisqa ta`tilga chiqdilar. Mashg`ulotlar 3 yanvardan davom ettiriladi.

Klub rasmiy saytining qo`shimcha qilishicha, jamoa 22 yanvar kuni Dubayda Rossiyaning «Rostov» jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb