25 dekabrdan ta`tilga chiqqan Muborakning «Mash`al» jamoasi tayyorgarlikni Yangi yildan so`ng davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Mash`al»ning 2014 yilgi mavsumga tayyorgarligi 4-18 yanvar kunlari Yangierda davom ettiriladi. Mashg`ulotlarda yangi futbolchilarni sinovdan o`tkazish rejalashtirilgan.
Xabar berishlaricha, hozira «Mash`al» uch nafar yangi futbolchi – Mo`ydin Mamazulunov, Abbos Omonov va Humoyun Murtazoev bilan shartnoma imzolagan.