«Andijon» dastlabki o`quv-mashg`ulot yig`inini g`alaba bilan yakunladi

«Andijon» 28 dekabr kuni mavsumoldi yig`ini doirasidagi ilk o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Farg`ona viloyati chempioni – «Dinamo» jamoasiga qarshi kechgan o`yinda Lochin Soliev tomonidan penaltidan urilgan gol evaziga 1:0 hisobida g`alaba qozondi.

Ushbu o`rtoqlik uchrashuvi bilan Azamat Abduraimov qo`l ostidagi jamoaning ilk o`quv-mashg`ulot yig`ini yakuniga etdi. Jamoaning navbatdagi mashg`ulotlari 3-15 yanvar kunlari Andijonda o`tsa, 19 yanvardan Toshkentda yig`in boshlanadi.

2013 yil «Andijon» tarkibida ijara asosida to`p surgan Furqat Hasanboev, Akrom Komilov («Bunyodkor»), Akmal Tursunboev, Andrey Sidorov («Paxtakor») o`z jamoasiga qaytgan bo`lsa, Sergey Smorodin, G`iyos Komilov va Sardor Soibov yangi mavsumda ham «Andijon» safida to`p suradigan bo`lgan.

Jamoa safiga tajribali hujumchi Shuhrat Mirxoldirshoev qo`shilishi kutilmoqda, shuningdek, yanvarda ikki nafar litvalik futbolchi (biri markaziy himoyachi, ikkinchisi hujumchi) ko`rikdan o`tkaziladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb