Toshkentda «Lokomotiv» va «Mash`al» jamoalari o`rtasida nazorat uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda «Lokomotiv» matbuot xizmati xabar bermoqda.
24 dekabr kuni Toshkentdagi «Chilonzor» sun`iy qoplamali maydonida bo`lib o`tgan o`yin 4:0 hisobida «temiryo`lchilar» foydasiga hal bo`lgan.
O`yindagi gollarga «Lokomotiv»da ko`rikda bo`lib turgan ukrainalik futbolchi – Vyacheslav Shevchenko, shuningdek, Viktor Karpenko, Ibrohim Rahimov va Ikrom Aliboev mualliflik qildi.