«Paxtakor»ning BAA yig`ini o`tkazilmaydigan bo`ldi

Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi BAA yig`ini o`tkazmaslikka qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Oliy liga bahslari 15 martda boshlanishi, shuningdek, yanvar oyida O`zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibiga jamoamizdan 14 nafar futbolchining ishtirok etishi tufayli BAAda o`tishi belgilangan yig`in bekor qilindi. Asosiy tarkib a`zolarisiz yig`in o`tkazish foydali bo`lmaydi. Shu sababli BAA yig`ini bekor qilindi», - deyiladi klub bayonotida.

Buning o`rniga "Paxtakor" Turkiyada ikki marta yig`in o`tkazadi. Dastlab yanvar oyining oxirida Antaliyaga yo`l oladigan "Paxtakor" u erdan qaytib kelgach, bir necha kun Toshkentda bo`lishadi. Keyin yana Turkiyaga jo`nab ketiladi.

Hozircha mashg`ulotlar Toshkent va Qibrayda davom ettiriladi. Asosiy tarkibning barcha o`yinchilari jam bo`lgach, ilk xorij yig`ini tashkil etiladi.

Qayd etish joiz, jamoa 28 dekabr kuni O`zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bilan nazorat o`yini o`tkazishi rejalashtirilgan. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb