«Andijon» 28 dekabr kuni nazorat uchrashuvi o`tkazadi

Dastlabki yig`inni Andijonda olib borayotgan Azamat Abduraimov shogirdlari 25 dekabr kuni ikki tomonlama o`yinda maydonga tushishdi. Bu haqda «Andijon» rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bu bahsda «qizillar» va «sariqlar» o`zaro kuch sinashdi. Tajribali hujumchi Lochin Solievning goli evaziga uchrashuvda «qizillar» 1:0 hisobida g`alaba qozondi. Tarkiblar quyidagicha ko`rinish oldi:

«Qizillar»: S.Smorodin (D.Jo`raqulov), Sh.Ro`ziev, D.Tursunov, A.Rahmonov, G`.Komilov, B.G`oziev, I.Otaxonov, B.Abdurahimov, R.Rahmonov, A.To`xtasinov, L.Soliev.
«Sariqlar»: A.Ortiqov (S.Smorodin), V.Mageramov, A.Mamatkazin, R.Qodirov, A.Qayumov, D.Jamolddinov, S.No`monov, N.Pavlenko, U.Usmonov, B.Komilov, S.Soibov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: B.Sodiqov, A.Abduqahhorov, D.Mahmudov.

Ayni paytda «Andijon» safida A.Ortiqov («Xotira-79), Nikita Pavlenko («Oqtepa») va Vusol Mageromov («NBU-Osiyo») ko`rikdan o`tishmoqda. 28 dekabr kuni «Andijon» yana bir nazorat uchrashuvini o`tkazishni rejalashtirgan. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb