«Neftchi» jamoasi a`zolari yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Farg`onaliklar klub qarorgohida kuniga ikki mahaldan mashg`ulot o`tkazishmoqda. Jamoadagi yangiliklarga kelsak, Iqbol Boboxonov bilan yangi bir yillik shartnoma imzolandi», - deyiladi klub xabarida.
26 dekabr kuni nazorat uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. Shu kuni yig`inda qatnashayotgan ayrim futbolchilarning taqdiriga oydinlik kiritiladi.