«Nasaf» futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirdi

10 dekabrdan boshlab yangi mavsumga taraddudni boshlagan «Nasaf» futbolchilari ayni paytda Qarshi shahrida kuniga ikki mahaldan mashg`ulotlarni o`tkazishmoqda. Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, mashg`ulotlar jamoaning qarorgohidagi maydonlarda, shuningdek «Markaziy» va «Geolog» stadionida ham tashkil etilmoqda.

Kuni kecha klub rahbariyati futbolchilar va ularning shartnomalari bilan bog`liq masalalarini muhokama qilishdi. Unga ko`ra o`tgan mavsumda jamoa tarkibida harakat qilgan va shartnomasi yakuniga etadigan barcha futbolchilar bilan shartnoma muddatlari uzaytirildi.

Jumladan, jamoa sardori Artur Gevorkyan, Ilhom Yunusov, Shuhrat Muhammadiev singari futbolchilar 2014 yilgi mavsumni «Nasaf» tarkibida boshlashlari aniq. Ayni paytda jamoa tarkibida ikki nafar futbolchi darvozabon O`tkir Yusupov va Aziz G`ulomxo`jaev ko`rikdan o`tishmoqda.

«Jamoamiz a`zolari Yangi yilga qadar Qarshi shahrida mashg`ulotlarni davom ettirishadi. Yangi haftada futbolchilarga chempionat bronza medallarini tantanali tarzda topshiriladi va qisqa ta`til e`lon qilinadi», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb