Jizzaxning «So`g`diyona» futbol klubi mavsumoldi tayyorgarlikni 15 dekabrdan boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Yana bir narsaga aniqlik kiritib o`tsak, ba`zi OAV vositalarida «So`g`diyona» yig`inni yangi yildan keyin boshlaydi, sabab bosh murabbiy Davron Fayziev Toshkentda murabbiylik kursalarida qatnashmoqda» degan xabarlar tarqalgan edi. Bu xabarlarning barchasi asossiz va noto`g`ri xabarlar», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Xabar berishlaricha, jamoa yig`inni 15 dekabr kuni boshlagan edi. Yig`inda asosan mahalliy futbolchilar qatnashishmoqda. Mashg`ulotlar jamoa qarorgohidagi stadionda olib borilmoqda.
Tarkibda hozirda jiddiy o`zgarishlar yo`q. Murabbiylar shtabi to`liq tarkibda faoliyat yuritmoqda. Shu jumladan, Davron Fayziev ham jamoa bilan birga.