Xabaringiz bor, 15 dekabrdan «Metallurg» jamoasi a`zolari yangi mavsumgatayyorgarlik ko`rish maqsadida Chirchiq shahrida yig`inni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dastlabki o`quv-mashg`ulot yig`inida o`tgan mavsumda jamoa sharafini himoya etgan futbolchilarning barchasi jam bo`lishdi. Tarkibda ba`zi juz`iy o`zgarishlar bor. Jumladan, himoyachi Odil Isaboev futbolchilik faoliyatini yakunladi. Klub rahbariyatining taklifiga binoan u endilikda yoshlar tarkibini shug`ullantiruvchi murabbiylar safida mehnat qilishi kutilyapti.
Shuningdek, Umid Tojimov hamda Jasur Boboevlar yig`in o`tkazayotgan tarkibda yo`q. Ularning boshqa jamoaga o`tayotganligi ma`lum bo`ldi. O`z navbatida asosiy tarkib yig`inida yoshlar jamoamizda faoliyat yuritayotgan 4-5 nafar futbolchi ishtirok etishyapti. Ulardan kimlar asosiy tarkibga loyiq ekanligi keyingi yig`inlarda ma`lum bo`ladi.
Bu hafta yig`inda qatnashayotgan futbolchilarning barchasi tibbiy ko`rikdan o`tishdi. Ularning jismoniy va ruhiy holati qoniqarli holatda. Keyingi haftadan mashg`ulotlar bosimi oshirib boriladi va jamoa har kuni ikki mahaldan mashg`ulot o`tkazishga kirishadi.