Yangi mavsumga qizg`in hozirlik ko`rayotgan «Neftchi» jamoasi 20 dekabr kuni ikki tarkibga bo`ligan holda o`yin o`tkazdi. Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, uchrashuvda «Qizillar» 3:2 hisobida g`alaba qozonishdi.
«Qizillar»dan gollarni Ro`zimboy Ahmedov, Ma`ruf Murodov, Otabek Haydarovlar kiritishdi. «Yashillar»dan esa Otabek Haydarov va Otabek Zokirovlar (penaltidan) raqib darvozasini ishg`ol etishdi. Otabek Haydarov har ikki jamoa safida harakat qilib bittadan to`p kiritdi.
Jamoadagi yangiliklarga to`xtaladigan bo`lsak, mashg`ulotlarda o`tgan mavsumni «Sho`rtan»da o`tkazgan Shavkat Raimqulov va «Bunyodkor» o`rinbosarlari safida to`p surgan Zokir Nurmatovlar ishtirok etishmoqda. Shuni ham aytish joizki, shu kuni «Yashillar» darvozasini Farrux Turdaliev qo`riqladi.