«Paxtakor» futbolchilari mashg`ulotlarni qayta boshlashdi. Bu haqda «Paxtakor» futbol klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Dastlab futbolchilar bilan jamoa rahbariyati o`rtasida yig`ilish o`tkazildi. Shundan keyin o`yinchilar «Paxtakor» Markaziy stadionida birinchi mashg`ulotni boshlab yuborishdi. U unchalik uzoq davom etgani yo`q. Futbolchilar ta`tildan qaytishgani bois engil jismoniy mashqlarni bajarish bilan cheklanishdi. Dastlabki kunlarda o`yinchilarning jismoniy holatini tiklovchi mashqlar bajariladi», - deyiladi klub xabarida.
Toshkentdagi yig`in 29 dekabr kuni tugaydi. So`ng 3 yanvar kuni bayram ta`tilidan qaytadigan jamoa 4 yanvar kuni BAAga jo`nab ketadi. Ertaga mashg`ulotlar soat 15:00da «Paxtakor» stadioni maydonida bo`lib o`tadi. 28 dekabr kuni ikki tarkibga bo`lingan holda uchrashuv o`tkaziladi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, Jora Oganesyan bilan shartnoma uzaytirilmadi. Krimets esa Xitoydan ijaradan qaytdi. Darvozabon Muhiddin Xudoyorov esa yig`inda sinab ko`riladi.
Jamoa yig`inida esa quyidagi futbolchilar ishtirok etmoqda: darvozabonlar - Lobanov, Ribkin, Omonov, Raimov, Tursunboev, Xudoyorov; himoyachilar - Hoshimov, Shamsiddinov, Boltaboev, Ismatullaev, Xolmuhammedov, Azamat Abdullaev, Krimets, Miladinovich, Saidov, Otaxonov, Ibrohim Abdullaev, Merzlyakov, Ubaydullaev, Mirahmatov; yarim himoyachilar - Qilichev, Karimov, Maxsitaliev, Azizov, Davlatjonov, Kozak, Olimov, Babayan, J.Yusupov, Maxaradze, O`runov, Sohibov, Iskandarov, Masharipov, Rekun, Andreev, Temur Hakimov, Ibrohimov, Tolipov; hujumchilar - Sergeev, Soliev, Abdul Aziz Yusupov, Rogovanov, Sidorov, Rajabov, Jasur Hakimov, Abduxoliqov.