
2013 yilgi O`zbekiston vitse-chempioni, Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi 2014 yilgi Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtirokini 2-saralash bosqichidan boshlaydi.
8 fevral kuni «Lokomotiv» OChL-2014 2-saralash bosqichi doirasida Toshkentda 1-saralash doirasidagi «Al-Kuvayt» (Kuvayt) – «Ash-Shorta» (Iroq) uchrashuvi g`olibiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvni Minoru Tojo boshchiligidagi yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Tojoga qanotlarda hamyurtlari – Shinji Ochi va Xiroyuki Igarashi yordam bersa, hindistonlik Pratap Singh uchrashuvning to`rtinchi hakami etib tayinlangan.
Eslatib o`tamiz, «Lokomotiv» bir uchrashuvdan iborat 2-saralash bosqich uchrashuvida g`alaba qozonsa, guruh bosqichi yo`llanmasi uchun «Laxviya» (Qatar) – «Shabob al-Urdun» (Iordaniya) / «Al-Hidd» (Bahrayn) juftligi g`olibiga qarshi to`p suradi.
OChL-2014, 2-saralash bosqichi uchrashuvi
8 fevral, shanba
«LOKOMOTIV» (O`zbekiston) – «AL-KUVAYT» (Kuvayt) / «ASh-ShORTA» (Iroq)
Bosh hakam: Minoru Tojo (Yaponiya).
Yon qanot hakamlari: Shinji Ochi (Yaponiya), Xiroyuki Igarashi (Yaponiya).
To`rtinchi hakam: Pratap Singh (Hindiston).
Nazoratchi: Husayn Asqariy (Eron).
Komissar: Dorji Mindu (Butan).